Image

Institut haqida

Nukus innovatsion instituti Qoraqalpog'iston Respublikasida birinchilardan bo'lib faoliyat boshlagan nodavlat oliy ta'lim muassasasidir. Institut 2022-yil noyabr oyidan boshlab litsenziya asosida ish boshlagan. Hozirgi kunga kelib 3000 ga yaqin talabaga 60 ga yaqin professor–o’qituvchilar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Institut oliy ta’lim muassasasi sifatida litsenziyaga ega bo‘lgan va dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Ta’lim jarayoniga xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilingan tarzda o‘tiladi. Oliygoh oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishini yaratib, innovatsion ta’lim asosida zamonaviy bilimga ega yuqori malakali, professional lider kadrlar tayyorlash va ularni jamiyatga implementatsiya qilishni maqsad qilgan. Institutda ta’lim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi va sirtqi shakllarda olib boriladi. Institut yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish kabi o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan kelib chiqib, shu bilan birga ilg’or ta’lim texnoligiyalariga asoslangan yuqori sifatli pedagogik kadrlar tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. nstitut mehnat jamoasi zamon bilan hamnafas boʼlib, mamlakatimizning taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va oʼzgarishlarning barcha talablarga oʼz vaqtida va toʼlaqonli javob berishga harakat qilmoqda. Institutda o'quv jarayoni "Ta'lim to'g'risida" gi qonun, ta'lim yo'nalishlariga muvofiq "Davlat ta'lim standarti" va "Malaka talablari" asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda oʼquv jarayonini yuqori sifatini taʼminlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari eng zamonaviy axborot bazaviy texnologiyalari, multimediya proektorlari, video va audio tizimlari, masofaviy oʼqitish bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni institutda oʼqitiladigan barcha fanlar boʼyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallarni oʼz ichiga qamrab olgan elektron va kredit modulli oʼquv tizimidan foydalangan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya Internet texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Yaratilgan shart-sharoitlar oʼquv jarayoni jahon taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajada olib borishga imkoniyat bermoqda. Institutda o‘quv jarayoni o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tilida olib boriladi.

Ariza topshirish

Ta'lim yo'nalishlari

Magistr yo'nalishlari

2224

Talabalar

80

Professor-o'qituvchilar

2

Kafedra

2

Fakultet

Image
Image

Yangiliklar

ENG KO'P SO'RALADIGAN SAVOLLAR

  • 1. Nukus innovatsion instituti diplomi davlat institutlari diplomidek kuchga egami?

    Mazkur oliy ta’lim muassasasi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan 2022-yil 18-noyabr kuni berilgan №049016 sonli litsenziya asosida oliy taʼlim xizmatlari koʼrsatadi. Ta’lim jarayoni to’liq davlat ta’lim standartlarida olib borilganligini inobatga olgan holda Nukus innovatsion instituti bitiruchilariga beriladigan diplom davlat OTMlari diplomi maqomi bilan bir xil kuchga egadir.

  • 2. Institutda qabul qachongacha davom etadi?

    Nukus innovatsion institutida qabul jarayoni kunduzgi ta'lim yo'nalishlarida 15-sentabr, sirtqi ta'lim yo'nalishlarida 31-oktabrga qadar davom etadi.

  • 3. Kirish imtihoni qayerda topshiriladi?

    Kirish imtohonlari Nukus innovatsion instituti o'quv binosida topshiriladi. Manzilimiz: Nukus sh. Qoraqalpog'iston ko'chasi 10-uy. Mo'ljal: Qirqqiz restorani qarshisida.

  • 4. O’qish uchun to’lovni bo’lib-bo’lib amalga oshirsa bo’ladimi?

    Nukus innovatsion institutiga shartnoma to'lovini 4 ga bo'lib to'lash mumkin. Boshlang'ich to'lov 25% amalga oshiriladi. Qolgan 75% ni 1-mayga qadar bo'lib to'lash mumkin.

  • 5. Grant asosida o’qish imkoni bormi?

    Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisining turmush tarzi bir muncha og'ir bo'lgan hududlari bo'lmish, Bo'zatov tumani, Taxtako'pir tumani, Shumanay va Mo'ynoq tumanlaridan o'qishga chanqoq bo'lgan yoshlardan 20 nafarini (har bir tumandan 5 nafardan) institut hisobidan mutloqo bepul GRANT asosida o'qishga qabul qilishni reja qilganmiz.

Copyright 2023 Nukus innovatsion instituti. Created by Startapp.uz