⚡️ Eng zukko talaba-yoshlar taqdirlandi

📣 Nukus innovatsion institutida talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, intellektual o'yinlarni yanada ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida tashkillashtirilgan "Zakovat" intellektual o'yinida faxrli 1-o'rinni egallagani uchun Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-guruh talabalari esdalik sovg'alar hamda diplom bilan taqdirlandi.

Talaba-yoshlarga diplom va qimmatbaho sovg'alarni institut Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Dauletbek Janabaev va institut tyutori Doshbaeva Muxabbat topshirdi.

📌 Eslatib o'tamiz, bu kabi loyihalar Nukus innovatsion instituti talaba-yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar jadvaliga muvofiq muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Copyright 2023 Nukus innovatsion instituti. Created by Startapp.uz