Rektor

A'zamov Anvar Muzaffarovich

Rektor

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba (09:00-17:00)
Tel: +998-99-295-00-12
Fax: +998-99-295-00-12
E-mail: info@nukusii.uz
Telegram: https://t.me/NUKUS_INNOVATSION_INSTITUTI
Manzil: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xo’jayli tumani, Murtazabiy OFY, Taxiatosh ko’chasi, 28-uy.

Vazifalari
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash xamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklarining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining bajarilishini tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan, yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Institut tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, institutning boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish va ishga qabul qilish; 
  • Xodimlar va talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muxofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • Institutning daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsesiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilish, xodimlar va talabalar ongida milliy g‘oyani shakllantirish;
  • Talabalikka, magistratura, klinik ordinatura, malaka oshirish va qayta tayyorlash kursantligiga hamda katta ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilarni institutga qabul qilish, intizomiy jazo choralari qo‘llash, o‘qishdan chetlatish va qayta tiklashni amalga oshirish;
  • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
  • Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  • Institutda mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
  • Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
  • Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasasi Kengashi, vasiylik hamda ixtisoslashgan kengashlarga rahbarlik qilish;
  • Oliy ta’lim muassasasining Ustavini tasdiqlash hamda institut tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, o‘zgartirish va tugatish;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash.
  • Institutning barcha xodimlari, talabalari va boshqa ta’lim oluvchilar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar hamda topshiriqlar chiqarish;
  • Prorektorlarning aniq majburiyatlari va masu’lligini  belgilash;
  • Qonunchilikda belgilangan tartibda professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ilmiy pedogog xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat ta’tillari berish, xizmat safarlariga yuborish xamda ishdan bo‘shatishni amalga oshirish;
  • Institutning Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq qoidalari, “Kiyinish madaniyati to‘g‘risida”gi Nizom, “Talabalar turar joyi” Nizomi va boshqa ichki me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash;
  • Xodimlarning mexnatini, ta’lim oluvchilarning o‘qishini tashkil etish, o‘qish sifatini oshirish xamda mexnat unumdorligini yuksaltirish, shuningdek qonun xujjatlari va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlarda, mexnat shartnomasida, to‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha kontraktda ko‘zda tutilgan shart-sharoitlarni yaratish;
  • Mehnat Kodeksiga muvofiq kasaba uyushma qo‘mitalari bilan jamoa shartnomalarini tuzish;
  • Xodimga u bajargan ishi uchun belgilangan mexnatga xaq to‘lash shartlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq xajmda xaq to‘lash xamda ta’lim oluvchilar stipendiyalarini belgilangan muddatda berilishini ta’minlash;
  • Mexnat, ijro va o‘quv intizomini,mexnatni muxofaza qilish shart-sharoitini ta’minlash;
  • Qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibga muvofiq xo‘jalik va moliya-iqtisodiyot faoliyatini boshqarish, ta’lim muassasasining barcha moddiy-texnik bazasi va mol-mulkini saqlash va ulardan samarali foydalanish xamda  moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar bo‘yicha to‘liq javob berish;
  • Axborot kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilish;
  • Institut Ustavi, ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati talablarini bajarilishini ta’minlash va rioya qilish.
Bilishi kerak: 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sog‘liqni saqlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklarining ta’lim, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarining mohiyatini bilishi.
Malaka talablari:
  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga - intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • OTMda bakalavr va magistrlar, klinik ordinatorlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
  • Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida - kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
 
Klassifikator bo‘yicha:
 
Lavozimlar nomi MMSK bo‘yicha kod Xodimlar toifasi Ma’lumotining eng past darajasi O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodi
2340 OTM rektori 1210 B Oliy ma’lumotli Bilimlarning qo‘llanish sohasiga ko‘ra

Copyright 2023 Nukus innovatsion instituti. Created by Startapp.uz