#Tyutorlar_dayjesti

Nukus innovatsion institutida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda tyutorlar jamoasi tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, yot g'oyalarga qarshi kurashish, intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, turli xil uchrashuv va musobaqalar o'tkazilmoqda.

🇺🇿 Jumladan, bugun talaba-yoshlar ishtirokida "Keksalarga hurmat — yoshlarga ibrat" davra suhbati, Voleybol sport turi bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi, "Yosh ijodkorlar" klubi a'zosi, qoraqalpog'istonlik umidli shoira Saxipjamal Sirg'abayeva va talaba-yoshlar o'rtasida "Mening sevimli kitobim" nomli badiiy uchrashuv kechalari tashkil qilindi.

 

 

🎭 Shuningdek, institut talabalari Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali dramma teatrida bo'lib, "Xaliq ushin" deb nomlangan spektaklni tomosha qilishdi.

 

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Copyright 2023 Nukus innovatsion instituti. Created by Startapp.uz